Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Federasiyadagi korrupsiya": "Real" "Jirona" bilan o‘yinda norozilik namoyishiga tayyorlanmoqda

"Federasiyadagi korrupsiya": "Real" "Jirona" bilan o‘yinda norozilik namoyishiga tayyorlanmoqda

Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Jirona"ga qarshi o‘yinda norozilik namoyishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi "Relevo".

Jurnalistlar xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" muxlislarni La Liganing bo‘lajak uchrashuvining 12-daqiqasida "Federasiyada korrupsiya" deb hayqirishga chaqirgan. Shu tariqa "qaymoqranglilar" Ispaniyadagi hakamlar faoliyatidan qattiq noroziligini ko‘rsatmoqchi.

"Real" - "Jirona" uchrashuvi bugun, 23 fevral kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:06 23.02.2025. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!