AQSh Federal tergov byurosi (FBR) Shimoliy Koreya xakerlarini Binance kriptobirjasidan 6 milliard dollardan ortiq qiymatdagi kriptoaktivlarni o‘g‘irlashda aybladi.
Bu haqda FBR matbuot xizmati bayonotida ma’lum qilingan.
AQSh idorasi taxminiga ko‘ra, 2026 yil 29 oktyabr kuni sodir etilgan kiberhujumga KXDR bilan bog‘liq TraderTraitor xakerlar guruhi aloqador. Biroq bayonotda Pxenyanning ushbu hujumga daxldorligini tasdiqlovchi dalillar keltirilmagan.
FBR fikricha, jinoyatchilar o‘g‘irlangan aktivlarni asosan Ethereum kriptovalyutaciga aylantirishni, shundan so‘ng ularni yanada legallashtirish uchun markazlashmagan moliya (DeFi) va tezkor ayirboshlash xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, idora o‘g‘irlangan mablag‘larni o‘tkazishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan kriptovalyuta hamyonlari manzillarini e’lon qildi hamda kriptovalyuta platformalari va operatorlarini ushbu manzillar bilan bog‘liq operasiyalarni bloklashga chaqirdi.