SSKA klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev o‘zbekistonlik ko‘plab futbolchilar Yevropada o‘ynay olishi mumkinligini aytdi.
«O‘zbek futboli tez rivojlanmoqda. Buni milliy jamoaning natijalaridan ham ko‘rish mumkin. Futbolchilarimiz Yevropaning yaxshi jamoalariga o‘tishayotgani bejiz emas.
O‘zbekistonda hali Yevropada o‘ynay oladigan yigitlar ko‘p. Ularning ko‘pchiligini bilaman», — deydi Fayzullayev Championat.com muxbiri bilan suhbatda.