Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyada Gonkong grippi avj olmoqda

Rossiyada Gonkong grippi avj olmoqda

Ayni paytda Rossiya bo‘ylab har yuz kishidan biri gripp bilan kasallanayotgani qayd etilmoqda. Ayrim hududlarda esa bir hafta ichida bemorlar soni ikki baravarga oshgan. Mutaxassislar vaziyatni diqqat bilan kuzatib, epidemiologik holat keskinlashishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Shifokorlar joriy mavsumda asosiy shtamm sifatida Gonkong grippi — A (H3N2) ustun kelayotganini ma’lum qildi. Ushbu virus tez rivojlanishi va og‘ir asoratlarga olib kelishi bilan xavfli hisoblanadi. Ayniqsa, homilador ayollar, bolalar, keksalar hamda surunkali kasalligi bor shaxslar xavf guruhiga kiradi.

Gonkong grippi o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, asosan nafas yo‘llarini zararlaydi. U yuqori harorat, kuchli intoksikasiya, mushak va bosh og‘riqlari bilan kechadi. Ba’zi holatlarda ko‘ngil aynishi va hazm buzilishi ham kuzatiladi. Ushbu shtamm ilk bor 1968 yilda Gonkongda aniqlangan bo‘lib, hozirda mutasiyaga uchragan holda mavsumiy gripp sifatida tarqalishda davom etmoqda.

Kiritildi: 22:35 17.12.2025. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!