Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mashhur rejissyor milliarderga aylandi

Mashhur rejissyor milliarderga aylandi

71 yoshli mashhur rejissyor Jeyms Kemeron milliarderlar safiga qo‘shildi. Forbes nashrining baholashicha, bugungi kunda uning boyligi 1,1 milliard dollarni tashkil etadi. Shu tariqa Kemeron Gollivuddagi eng badavlat ijodkorlar qatoridan joy oldi.

Milliarderlik maqomiga erishgan Jeyms Kemeron Jorj Lukas, Stiven Spilberg, Piter Jekson va Tayler Perri kabi boy rejissyorlar qatoriga qo‘shildi. Ularning barchasi kino sanoatida ko‘p yillardan beri muvaffaqiyatli filmlar yaratib keladi.

Rejissyorning kartinalari bugunga qadar deyarli 9 milliard dollar miqdorida kassa tushumi keltirgan.

Forbes prognozlariga ko‘ra, Kemeron daromadi yaqin yillarda yanada oshishi mumkin. Xususan, 2025 yil 19 dekabr kuni jahon premerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Avatar: Olov va kul” filmi orqali rejissyor taxminan 200 million dollar daromad olishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:45 17.12.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!