Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukrainaga zudlik bilan juda katta pul kerak

Ukrainaga zudlik bilan juda katta pul kerak

Ukraina jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda va yaqin yillarda keng ko‘lamli tashqi yordamga muhtoj, deb yozadi AP.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-2027 yillarda Ukrainaga jami 137 milliard yevro (taxminan 160 milliard dollar) kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, mablag‘larning katta qismi bahorgacha jalb qilinishi kerak.

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevroparlament deputatlari oldida so‘zga chiqib, Ukrainani yaqin ikki yilga moliyalashtirish masalasi Yevropa kengashi doirasida hal qilinishi kerakligini aytdi. "Bir narsa aniq: biz Ukrainani keyingi ikki yil uchun moliyalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishimiz kerak," - dedi u.

Shu bilan birga, Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta YEI yetakchilari muzokaralar bir necha kun davom etsa ham, kelishuvga erishilgunga qadar muzokaralarni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:34 17.12.2025. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!