Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ronaldu FIFA The Best marosimida nega ishtirok etmadi?

Ronaldu FIFA The Best marosimida nega ishtirok etmadi?

Saudiyaning "An-Nasr" klubi hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 2025 yil yakunlariga ko‘ra "The Best" mukofoti g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha FIFA o‘tkazgan ovoz berish jarayonida ishtirok etmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, ovoz beruvchilar ro‘yxatida Ronalduning o‘rnini uning terma jamoadagi sherigi Bernardu Silva egallagan. FIFA qoidalariga ko‘ra, har bir mamlakatdan uch nafar vakil – terma jamoa bosh murabbiyi, jamoa sardori va bir nafar jurnalist ishtirok etishi lozim.

Tantanali taqdirlash marosimi 16 dekabr kuni Dohada bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nomiga Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Usmon Dembele sazovor bo‘ldi. "Eng yaxshi murabbiy" sovrini esa Parij klubi ustozi Luis Enrikega nasib etdi.

Ronalduning ovoz berish jarayonida qatnashmagani muxlislarda qiziqish uyg‘otdi, biroq FIFA reglamenti terma jamoa sardorini milliy jamoaning boshqa o‘yinchisi bilan almashtirishga ruxsat beradi.

Kiritildi: 22:15 17.12.2025. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!