Omsk viloyatida Farg‘ona ulgurji taqsimlash logistika markazining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farg‘ona viloyati hokimi boshchiligidagi delegasiya Rossiyaning Omsk viloyatida bo‘lib turibdi.
700 mln rubllik ($8,2 mln.) loyiha 9 gektar maydonni egallagan. Uning hududida 16 ta angar, 72 ta savdo do‘koni va 450 ta yuk mashinasi uchun avtoturargoh bor.
Markazda 800 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati hokimligi.