Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qilib, xat qoldirib ketdi

A A A
Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qilib, xat qoldirib ketdi

27 aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetida yangi qurilgan yotoqxonaning 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi o‘zini osib, joniga qasd qildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 2005 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan 1-bosqich talabasi A.SH. bugun ertalab taxminan soat 07:23 larda o‘z joniga qasd qilgan. O‘limidan oldin talaba xat qoldirgan. Xatda marhum o‘limi uchun hech kimni ayblamaslikni yozgan va o‘z ota-onasidan kechirim so‘ragan.

Bildirilishicha, prokuratura tekshirish harakatlarini olib bormoqda (https://qalampir.uz/n/118089).

Kiritildi: 05:32 28.04.2025. O'qildi: 8733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!