Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada 100 dan ortiq bolaning zaharlanishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Farg‘onada 100 dan ortiq bolaning zaharlanishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi davlat bog‘chalarida 100 nafardan ortiq tarbiyalanuvchining ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqildi.

2026 yil 21 sentyabrdagi sud hukmiga ko‘ra, bog‘chalarga taom yetkazib berish bilan shug‘ullangan «Garden catering trade» MCHJ rahbari, texnologi, direktori va hisobchisi o‘z qilmishlari uchun aybdor deb topildi va ularga qonunda belgilangan sanksiya doirasida tegishli jazolar tayinlandi.

Sudlanuvchilar tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bo‘lgani va qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmasligi sababli, sud tomonidan ularga ushbu turdagi jazo tayinlanmagan.

Jazo tayinlashda quyidagi holatlar inobatga olingan:

  • Sudlanuvchilarning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi;

  • Muqaddam sudlanmagani;

  • Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning to‘liq qoplangani;

  • Jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari tomonidan hech qanday da’volar mavjud emasligi.

Hozircha ushbu hukumning ijrosi yuzasidan tomonlardan apellyasiya yoki kassasiya tartibida shikoyat kelib tushmagan. Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi bo‘lgan taraflar belgilangan muddatda Farg‘ona viloyat sudiga shikoyat yoki protest keltirish huquqiga ega.

Kiritildi: Bugun 12:54. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!