Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi “X.F” MCHJga qarashli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy ravishda foydalanib kelingani aniqlangan.
Mutasaddi mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, jamiyat tomonidan 6 milliard so‘mlik (2,1 million kub metr) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.