▪️Rossiya Yaqin Sharqdagi mavjud mojarolarni faqat tinch yo‘l bilan hal etishda o‘z pozisiyasi qat’iy ekanini tasdiqladi.
▪️Putin Suriya Arab Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, aholining barcha etnik va diniy guruhlarining qonuniy huquq va manfaatlarini hurmat qilish orqali ichki siyosiy barqarorligini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
▪️Eron-Isroil qarama-qarshiligining kuchayganini inobatga olib, Rossiya, Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda yechim topishga to‘liq ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.
▪️Rahbarlar xalqaro va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.