Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ustyurtda haydovchi g‘oyib bo‘lganmi?

Ustyurtda haydovchi g‘oyib bo‘lganmi?

Ustyurt platosida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi loyihasiga konteyner olib ketayotgan «Kamaz» yuk mashinasi va uning haydovchisi bilan bog‘liq hodisa yuz bergani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, yuk mashinasi manziliga yetib bormay, cho‘l hududida yo‘qolib qolgan. Oradan hafta o‘tdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlaridan so‘ng ikki kun deganda yuk mashinasining o‘zi topilgan.

Biroq, haydovchi mashinada bo‘lmagan. U suv yoki yordam izlab, transport vositasini tashlab ketishga majbur bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ayni paytda Qo‘ng‘irot tumani FVV bo‘limi tomonidan dronlar jalb etilgan holda haydovchini qidirish ishlari davom ettirilmoqda. Hozircha haydovchi haqida biror darak yo‘qligi aytilmoqda.

Kiritildi: 19:00 28.07.2025. O'qildi: 1555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!