Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Sulton Ali Rahmatov olamdan o‘tdi

Sulton Ali Rahmatov olamdan o‘tdi

Taniqli bastakor Sulton Ali Rahmatov olamdan o‘tdi. Bu haqda uning jiyani ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Sultonali Rahmatov 1970 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Ahmadjon Rahmatov va onasi Oliya Omonova ko‘p yillar oldin dunyodan o‘tishgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan va „Respublika harbiy o‘g‘il bolalar internat san’at maktabi“ni bitirgan. Bolaligidan mashhur kompozitor Pol Maria, „Enigma“ guruhi musiqalarini yaxshi ko‘rib eshitgan va ulardan ta’sirlangan. 1987-yil Toshkent konservatoriyasi (hozirgi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. Uni ommaga tanitgan „O‘zbekiston“ musiqasi 1994–2005 yillar O‘zbekiston telekanalining „Assalom O‘zbekiston“ axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida hamda O‘zbekistondagi ko‘plab bayram tantanalarida foydalanilgan.

1998 yilning yanvar oyida Teatr va rassomchilik (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xonanda Nilufar Saidova bilan uchrashadi. U bilan ijodiy faoliyat davomida turmush qurishadi, lekin ma’lum vaqt o‘tganidan keyin ajrashishadi. Ular turmushlari mobaynida Farina va Safina ismli ikki qiz farzand ko‘rgan.

2010 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Sultonali Rahmatov oilali. 8 ta farzandi, ikki nevarasi bor.

Sultonali Rahmatovning ilk yakkaxon konserti 2006 yil Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan va unga 70 000$ mablag‘ ketgan. O‘zbekistondagi ilk konserti esa 2007-yilda Samarqanddagi Registon maydonida bo‘lib o‘tgan.

Kiritildi: 22:01 28.07.2025. O'qildi: 2148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!