Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

“Qo‘ziqorin bino” mashmashasi: yetarli maxsus texnikalar bo‘lmaganligi sababli, ijro haraktlari bir necha bor to‘xtatilgan edi

“Qo‘ziqorin bino” mashmashasi: yetarli maxsus texnikalar bo‘lmaganligi sababli, ijro haraktlari bir necha bor to‘xtatilgan edi

Samarqand tumani “Jo‘yisoy”mahallasida fuqaro F.Xalilov tomonidan qurilgan mehmonxona qurilishi hech qanday shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilgan.

Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘z munosabatini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng MIB ham holatga o‘z munosabatini e’lon qildi.

Aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgar F.X tomonidan Samarqand tumani “Jo‘yisoy” MFY hududidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joyda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan 12 qavatli bino-inshoot (mehmonxona) javobgarning hisobidan buzdirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Samarqand tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Javobgarga bir necha bor ogohlantirish xatlari berilgan. Biroq javobgar davlat ijrochisi talablarini bajarilmaganligi sababli unga nisbatan javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun ish to‘plangan hujjatlarni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudiga yuborgan va Sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblashning yetti (7)-barobari miqdorida ya’ni 2.100.000 so‘m ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanilgan.

Javobgar F.X. ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli unga nisbatan 29.05.2023 yilda JKning 232-moddasi 1-qismi bilan har oylik ish haqining 15 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Hozirda majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: ushbu binoni buzish ijro harakatlari davrida, yetarli maxsus texnika vositalari bo‘lmaganligi sababli, ijro haraktlari bir necha bor to‘xtatilgan edi.

2025 yilda davlat ijro organlari sud qarorini bajarishga kirishdi. Ayni paytda maxsus texnikalar jalb etilgan, bino qismlarining buzilishi boshlangan.

Kiritildi: 20:04 28.07.2025. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!