Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, test sinovlari) natijalariga ko‘ra, bitta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (ta’lim shakli va ta’lim tilini inobatga olgan holda) bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentning to‘plagan umumiy ballari teng bo‘lib qolganda, ushbu teng balli abituriyentlarning barchasi mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Kiritildi: Bugun 04:54. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!