Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Medvedev AQSh senatori Lindsi Grem bilan tortishdi

Medvedev AQSh senatori Lindsi Grem bilan tortishdi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari X ijtimoiy tarmog‘ida Trampning mojaroni hal qilish muddatini qisqartirish haqidagi yangi bayonotidan so‘ng:

“Tramp Rossiya bilan ultimatum o‘ynamoqda, biroq u Rossiya Isroil emas, hatto Eron ham emasligini yodda tutishi kerak. Har bir yangi ultimatum va tahdid - urush tomon qo‘yilgan qadamdir. Rossiya va Ukraina o‘rtasida emas, balki o‘z mamlakati bilan. Uyquchi Joning (Bayden) yo‘lidan yurmang!".

Grem bunga javob berdi:

"Prezident Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qon to‘kilishini to‘xtatishga jiddiy yondashmaydi deb o‘ylaydiganlarga: Siz va sizning himoyachilaringiz juda yanglishmoqdasiz. Tez orada Jo Bayden endi prezident emasligini ko‘rasiz. Muzokaralar stoliga o‘tiring”.

Bunga javoban Medvedev:

"Muzokaralar stoliga qachon o‘tirishni sen yoki Tramp hal qilmaysizlar. Maxsus harbiy amaliyot o‘z maqsadlariga erishganda muzokaralar tugaydi. Sizlar avvalo Amerika uchun ishlang, qariyalar!"

Kiritildi: 15:27 29.07.2025. O'qildi: 1467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!