Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyoda go‘zal bir xalq borki, uning madaniyati butun dunyo e’tiborini tortmoqda

Dunyoda go‘zal bir xalq borki, uning madaniyati butun dunyo e’tiborini tortmoqda

Dunyoda 100dan ortiq davlat borki, ularning har biriga xos tarix, madaniyat va milliylik bor va bular insonni o‘ziga jalb qiladi. Dunyoda go‘zal bir xalq borki, uning madaniyati bugun butun dunyo e’tiborini tortmoqda. Siz Qoraqalpog‘iston haqida bilarmidingiz?!

Qoraqalpog‘iston — O‘zbekiston hududining 37 foizini egallagan katta bir Respublikadir. Qoraqalpoq xalqiga xos boy madaniyat uning milliyligidan, go‘zal va betakror liboslaridan, tillarda doston bo‘lgan taomlaridan va inson ko‘zini quvontiruvchi milliy raqslaridan namoyon bo‘ladi.

Men bugun sizlarga aynan Qoraqalpoq xalqini dunyoga tanitgan milliy raqslaridan so‘zlab bermoqchiman. Qoraqalpoqning iftixoriga aylangan “Ayqulash” milliy ansambli necha yillardan beri jahon e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Po’lat Madraimov asarlarini libretto shaklida sahnalashtirganligi tomoshabinlar diqqatini raqsga qaratib kelmoqda. Ansambl jamoasi Rossiya, Moldova, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi qator davlatlarda gastrol safarlari hamda turli xil festivallarda ishtirok etib, xalqaro do‘stlik rishtalarining mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Milliy taomiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu ko‘plab insonlarni lol qoldirgan — “Jo‘o‘veri go‘rtik” taomidir. Qoraqalpoqlar to‘y va milliy bayramlarni bu taomsiz tasavvur qila olmaydi. U o‘ziga xos Jo‘o‘veri unidan tayyorlanadi va mehmonlarga tortiq qilinadi.

Sizlarda qanday — bilmadim, lekin bizning madaniyatimizda milliy kiyimlarni kiyishning o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Masalan, ayollar doppisini olaylik — u dumaloq shaklda va qizil rangda bo‘ladi. Uning nozik naqshlari va popugi insonni o‘ziga jalb qilib qo‘yadi. Agar doppining popugi chap tomonda bo‘lsa — bu hali turmushga chiqmagan qiz, agar o‘ng tomonda bo‘lsa — demak bu uning turmushga chiqqanligini anglatadi.

Xulosa qilib ayta olamanki, Qoraqalpog‘iston hali uzoq ming yillar davomida yashaydi. U doim qoraqalpoq xalqining qalbida gullab-yashnaydi. Chunki hozirgi kunda qoraqalpoq xalqining mard o‘g‘lonlari va bir-biridan go‘zal qizlari bu Respublikamizni va uning madaniyatini butun dunyoga tanitib kelmoqda. Ishonch bilan ayta olamanki, qoraqalpoq xalqi o‘z Vatanini sevishdan va unga xizmat qilishdan hech qachon to‘xtamaydi.

Maftuna Karimova,
Nukus shahri, Vatanparvar mahallasi 44-maktab o‘quvchisi

Kiritildi: 17:41 25.07.2025. O'qildi: 4487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!