Payshanba kuni Krishtianu Ronaldu o‘zining 41 yoshini nishonladi. Portugaliyalik yulduz uch yildan beri sharafini himoya qilayotgan «An-Nasr» klubi uni faqat kechqurun tabrikladi. Uning sobiq klublari — «Manchester Yunayted», «Sporting» va «Yuventus» esa tabrik xabarlarini ertalab yoki kunduzi e’lon qilishdi. Faqatgina bir klub Krishtianuni ommaviy ravishda tabriklamaslikka qaror qildi.
Siz allaqachon anglaganingizdek, bu klub — «Real Madrid». Madrid klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Ronalduga atalgan tabriklar paydo bo‘lmadi.
Ta’kidlash joizki, «Real» sahifalaridagi boshqa postlar ostida muxlislar kun davomida Ronaldu tabriklanmagani uchun o‘z noroziliklarini va g‘azablarini izhor qilishdi.
Krishtianu Ronaldu 2009–2018 yillarda «Real»da to‘p surgan. Ushbu davrda portugaliyalik 438 ta o‘yinda maydonga tushib, 450 ta gol va 131 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.