Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Fakt yoki propaganda: Ukraina qo‘shinlari qurshovda qoldimi?

Fakt yoki propaganda: Ukraina qo‘shinlari qurshovda qoldimi?

Kursk viloyatida Rossiya armiyasi Ukraina harbiylarini qurshab olgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Telegram-kanalida xabar berildi.

Idora qo‘shimcha qilishicha, bu ma’lumotlar rossiyaliklar tomonidan "siyosiy maqsadlar va Ukraina hamda hamkorlarga bosim o‘tkazish" uchun tarqatilmoqda. Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, vaziyat bir sutka davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan.

"Kursk qo‘shinlari guruhining operasion hududida jangovar harakatlar davom etmoqda," - deyiladi xabarda.

Idoraning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi bo‘linmalari qayta guruhlashni amalga oshirib, mudofaaning yanada qulay chegaralariga o‘tishgan va belgilangan vazifalarni bajarmoqdalar. Shuningdek, sutka boshidan buyon Kursk yo‘nalishida 13 ta jangovar to‘qnashuv sodir bo‘lgani ma’lum qilingan.

Urushni o‘rganish institutining (ISW) 13 mart kungi yangi hisobotida, Rossiya Sudja va uning atrofida Ukraina Qurolli kuchlari bilan janglarni davom ettirayotgani, biroq Rossiya qo‘shinlarining Kursk viloyatidagi chegaraga yaqinlashishi so‘nggi kunlarga nisbatan sekinlashgani ma’lum qilingan.

12 mart kuni DeepState tahliliy portali Rossiya qo‘shinlari Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi Sudja shahrini hamda uchta aholi punktini (Maxnovka, Zamoste va Kazachya Loknya) o‘z nazorati ostiga olganini tasdiqladi.

Kiritildi: 20:45 14.03.2025. O'qildi: 1320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!