Evropa xalq partiyasining Yevroparlamentdagi fraksiyasi rahbari Manfred Veber AQSh tashqi siyosatidagi muhim o‘zgarishlar fonida yangi dunyo tartibi paydo bo‘layotganini aytdi.
"Biz yangi dunyo tartibida yashayapmiz. Tramp bizni raqib sifatida ko‘radi - bu uning bojxona siyosati aynan shuni ko‘rsatadi," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Veber AQSh tomonidan yuqori import bojlarining joriy etilishini "qora kun" va Amerika yetakchisi Donald Trampning "katta xatosi" deb ta’rifladi.
Siyosatchi YEIni tashabbusni o‘z qo‘liga olishga va boshqa davlatlar bilan savdo bo‘yicha "Trampga qarshi kelishuvlar" tuzishga chaqirdi.