Evroparlament Rossiyaning ukrainalik bolalarga nisbatan harakatlarini bir xalqni yoki uning bir qismini yo‘q qilishga qaratilgan jinoyat sifatida baholovchi rezolyusiya qabul qildi. Hujjatni 536 deputat qo‘llab-quvvatladi, 8 nafari qarshi ovoz berdi, 37 nafari betaraf qoldi.
Deputatlar bolalarni qaytarish masalasini hududiy yon berishlar yoki asirlar almashinuvi bilan bog‘lamaslik kerakligini ta’kidladi.
Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas bolalarning bosib olingan hududlardan Rossiyaga olib ketilishi Rossiya hukumati siyosati ekanini bildirdi. U olib ketilgan bolalar Ukrainaga qarshi urushga jalb qilinayotgan bo‘lishi mumkinligini ham aytdi.
Rezolyusiyada ukrainalik bolalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, qurol va dronlardan foydalanishga o‘rgatish ham qoralangan.
Shuningdek, Yevroparlament Rossiya va Belarusdan olib ketilgan bolalar haqida to‘liq ma’lumot berishni hamda Qizil Xoch va YUNISEF kabi tashkilotlarga ular bilan uchrashish imkonini yaratishni talab qildi.