Ularning fikricha, Ukraina rahbarining UQA* bilan bog‘liq so‘nggi qarorlari mukofot berilganida asos qilib olingan Yevropa qadriyatlariga zid hisoblanadi.
Deputatlar bu boradagi talablarini qo‘shma bayonotda bildirib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, UQA (Ukrain qo‘zg‘olonchilari armiyasi)* Ikkinchi jahon urushi davrida faoliyat yuritgan ukrain millatchi qurolli tuzilmasi hisoblanadi. Ukrainada u mustaqillik uchun kurashgan harakat sifatida e’tirof etilsa, Polsha va qator boshqa mamlakatlarda uning ayrim bo‘linmalari tinch aholiga qarshi etnik qirg‘inlarda ishtirok etganlikda ayblanadi.