Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Evropada Ukrainaga yuborish uchun yetarli miqdorda tinchlikparvar kuchlar yo‘q

Evropada Ukrainaga yuborish uchun yetarli miqdorda tinchlikparvar kuchlar yo‘q

Bu haqda Polsha Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Dariush Lukovskiy ma’lum qildi.

"Agar gap 100 ming kishilik kontingent haqida ketayotgan bo‘lsa, bugungi kunda Yevropa davlatlarida bunday katta harbiy qo‘shinlar yo‘q va ular buncha askarni jo‘natishga tayyor emas", — deya fikr bildirdi Lukovskiy Radio Zet efirida.

Uning ta’kidlashicha, bu bir oy yoki bir yillik missiya emas, balki kamida o‘n yil, ehtimol, undan ham ko‘proq davom etadigan uzoq muddatli operasiya hisoblanadi.

Shu bilan birga, Lukovskiy hozirgi bosqichda Polsha Ukrainaga qo‘shin yubormasligi kerakligini, biroq kelajakda bunday ehtimolni istisno qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 18:38 17.02.2025. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!