Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropada issiq havo tufayli Xitoy kondisionerlariga talab keskin oshdi

Evropada issiq havo tufayli Xitoy kondisionerlariga talab keskin oshdi


2026 yil iyun oyi oxirida Yevropada kuzatilgan rekord darajadagi issiqlik Xitoyda ishlab chiqarilgan mobil kondisionerlarga bo‘lgan talabni keskin oshirib yubordi, deb yozadi Bloomberg.

Tahlilchilarning kutilmalariga ko‘ra, "Midea" (xitoylik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri) kompaniyasining Yevropadagi savdo hajmi ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga o‘sishi mumkin.

Xitoyning yana bir ishlab chiqaruvchisi — "Haier Smart Home" ham Yevropada savdolar deyarli shunchalik o‘sishini kutmoqda.

Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa xonadonlarining taxminan 20 foizi kondisionerlar bilan jihozlangan. Bloomberg'ning ta’kidlashicha, bu, shuningdek, Yevropa mamlakatlarida uylarga katta hajmli kondisionerlarni o‘rnatishga qo‘yilgan turli cheklovlar bilan bog‘liq.

Kiritildi: 22:30 06.07.2026. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!