Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Evropa Rossiya bilan raketa qurollarini cheklash bo‘yicha muzokaralarga tayyor

Evropa Rossiya bilan raketa qurollarini cheklash bo‘yicha muzokaralarga tayyor

Evropa davlatlari Rossiya bilan ayrim turdagi raketalarni joylashtirishni cheklashga qaratilgan kelishuvlarni muhokama qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Financial Times nashri yevropalik rasmiylarning bildirgan fikrlariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa vakillari sovuq urush yillarida amal qilgan va harbiy to‘qnashuvlarning oldini olishga xizmat qilgan mexanizmlarni qayta tiklash masalasini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan.

«Evropa rasmiylari sovuq urush davrida mavjud bo‘lgan mojarolarning oldini olish mexanizmlarini qayta tiklash masalasini muhokama qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi», — deyiladi Financial Times materialida.

Hozircha bu yo‘nalishda Rossiya bilan aniq muzokaralar boshlangani yoki yangi kelishuv bo‘yicha qaror qabul qilingani haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 23:34 10.11.2026. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik