Germaniya kansleri Fridrix Mersning aytishicha, AQSh va Yevropa Ukraina uchun muhokama qilayotgan xavfsizlik kafolatlari ayrim holatlarda tinchlikparvar kuchlar Rossiya tomonidan qilingan hujumlarni qaytarishi mumkinligini nazarda tutadi.
Uning ta’kidlashicha, hozircha bu uzoq istiqbol bo‘lib, avvalo tomonlar o‘rtasida demilitarizasiya qilingan hududni tashkil etish va uni himoya qilish masalasi kun tartibida turibdi.
Fridrix Mers alohida ta’kidladiki, o‘t ochishni to‘xtatishdan so‘ng AQShning Ukrainani xuddi NATO himoyasi ostidagi davlatdek muhofaza qilishga tayyor ekani — Vashingtonning yangi va juda kuchli pozisiyasidir.