Reuters agentligining Yevropa diplomatlariga tayanib xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi elchilari chorshanba kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketi bo‘yicha kelishuvga erishishga yana bir bor urinib ko‘radi.
Yangi paket doirasida 1570 ta jismoniy va yuridik shaxsni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilgan. Bu ro‘yxatdagi shaxslar va tashkilotlar soni qariyb 50 foizga oshishini anglatadi.
Biroq yangi paketda boshqa muhim iqtisodiy cheklovlar nazarda tutilmagan.