Evropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi Rossiyadan sobol mo‘ynasini import qilishga nisbatan joriy etilgan sanksion cheklovlarni qisman to‘xtatganini tasdiqladi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Jozef Sikela ma’lum qildi.
Evrokomissar Fransiyaning Strasburg shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa parlamenti yig‘ilishida mazkur masalaga to‘xtalib, tegishli qaror YEIning Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketiga kiritilganini ta’kidladi.
"Sanksiyalarning so‘nggi paketi doirasida Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyadan sobol mo‘ynasini import qilishga nisbatan joriy etilgan taqiqlar bo‘yicha muayyan maqsadli istisnolarni belgilashga qaror qildi", — deya Sikelaning so‘zlarini keltiradi TASS axborot agentligi.