Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga 3,5 milliard yevro ajratishni ma’qulladi

 Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga 3,5 milliard yevro ajratishni ma’qulladi

"Kiyev Ukrainaga yordam jamg‘armasidan qariyb 3,5 milliard yevro miqdorida qaytarilmaydigan uchinchi transhni olish uchun zarur shartlarni bajardi", deyiladi Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida.

Hujjatga ko‘ra, bunday shartlarga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha islohot, YEI standartlariga muvofiq chegaradan o‘tish tartibini soddalashtirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shu jumladan qishloq xo‘jaligi yerlarini minalardan tozalash ham kiradi. Qayd etilishicha, ushbu to‘lov bilan birga 2024 yilda Jamg‘arma faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan buyon Kiyevga ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori 20 milliard yevroga yetadi.

Ukrainaga yordam jamg‘armasining 50 milliard yevrolik mablag‘lari to‘rt yilga – 2024 yildan 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Ularni Kiyevga grantlar va kreditlar shaklida berish rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar ham qisqa muddatli ehtiyojlarni qondirishi, ham Ukrainani qayta qurish va modernizasiya qilish bo‘yicha o‘rta muddatli vazifalarni hal etishi lozim bo‘ladi.

Kiritildi: 23:09 17.03.2025. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!