Nikolas Maduro mamlakatda aholini ro‘yxatga olish va ko‘ngillilarni, jumladan, harbiylashtirilgan xalq milisiyasiga chaqirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.
Bunga Trampning noqonuniy muhojirlar guruhlarini terrorchilar bilan tenglashtirgani, Karakas hukumatini narkotrafikda ayblagani va Maduroni qo‘lga olish uchun 50 mln dollar mukofot va’da qilgani sabab bo‘lgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, Pentagon hozirda Venesuela narkokartellariga zarba berishga tayyorlanmoqda, shuningdek, ushbu mamlakat qirg‘oqlari tomon 3 ta harbiy kema yuborilgan.