Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shimoliy Koreya askarlari Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi

Shimoliy Koreya askarlari Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi

19 avgust kuni Koreya Xalq armiyasining 30 ga yaqin askari Koreya Respublikasi chegarasini kesib o‘tgani Janubiy Koreya tomonini ogohlantiruvchi o‘q uzishga majbur qilgan.

Bu haqda BMT qo‘mondonligiga tayanib, Yonhap agentligi ma’lum qildi.

"BMT qo‘mondonligining sulhni qo‘llab-quvvatlash komissiyasining tergov guruhi 30 ga yaqin Shimoliy Koreya askari qurilish ishlari olib borilayotgan hududda Harbiy demarkasiya chizig‘ini kesib o‘tganini aniqladi", — dedi qo‘mondonlik vakili.

"Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari Harbiy demarkasiya chizig‘ini kesib o‘tganliklarini bildirish uchun bir nechta ogohlantirishlarni efirga uzatdi, biroq KXDR harbiylari javob bermadi", — dedi BMT qo‘mondonligi vakili. "Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari KXDR askarlarini chiziqdan shimolga qaytishga majbur qilish uchun belgilangan hududda ogohlantiruvchi o‘q uzdi."

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!