Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dronlar hujumi Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti ishini falaj qildi

Dronlar hujumi Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti ishini falaj qildi

Bu haqda “Strana” xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, Pulkovo aeroportida bir necha soatdan beri parvozlarni qabul qilish va amalga oshirish to‘xtatilgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, 100 ga yaqin reys, jumladan xalqaro yo‘nalishdagi parvozlar ham kechiktirilgan yoki bekor qilingan.

Rossiyaning Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko dronlar hujumini tasdiqladi va bir nechta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.

"Aeroport ishidagi uzilishlardan tashqari, Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyati aholisi internet va mobil aloqadagi uzilishlardan ham shikoyat qilmoqda", deya yozmoqda “Strana”.

Kiritildi: 23:15 23.08.2025. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!