Ma’lumotlarga ko‘ra, Sergey Goroxovskiy Hindistonga elchi hamda Janubiy va Markaziy Osiyoga maxsus vakil etib tayinlandi.
Asli o‘zbekistonlik Sergey Goroxovskiy AQSh rahbari Donald Trampning siyosiy strategiyasi va kommunikasiya masalalari bo‘yicha eng ishonchli maslahatchilaridan hisoblanadi.
Goroxovskiy ilgari Oq uyda Prezidentning kadrlar boshqarmasini boshqargan va davlat xizmatchilaridan sodiqlikni talab qilishi bilan tanilgan.
Ma’lumot uchun, Goroxovskiy 1986 yilda Toshkentda tug‘ilgan, 1999 yilda AQShga ko‘chib ketgan. U yerda ismini Serjio Gora deb o‘zgartirgan va konservativ siyosat sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.