Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda yana bir erkak yalang‘och holda "shahar aylandi"

Toshkentda yana bir erkak yalang‘och holda "shahar aylandi"

23 avgust kuni ertalab soat 04:30 lar atrofida poytaxtning Mirobod tumanida nooddiy holat qayd etildi. Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik yaqinida 45 yoshli erkak butunlay yalang‘och holda yurib, jamoat tartibini buzdi hamda yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Voqea joyiga Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari yetib kelib, fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida uning avval ruhiy kasalliklar bo‘yicha davolanganligi aniqlangan.

Mazkur shaxs huquqbuzarligi uchun zarur choralar ko‘rilgan hamda keyinchalik ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan o‘z vaqtida izoh berib, voqea jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:45 23.08.2025. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!