Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Tibbiyot xodimlariga «choy puli» to‘lashni qonuniylashtirish taklif etildi

Tibbiyot xodimlariga «choy puli» to‘lashni qonuniylashtirish taklif etildi

Qirg‘iziston adliya vaziri Ayaz Bayetov tibbiyot xodimlariga «ixtiyoriy qo‘shimcha to‘lov» mexanizmini joriy etishni taklif qildi. U 19 avgust kuni davlat tizimini byurokratiyadan xoli qilish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida shunday tashabbus bilan chiqdi, deb yozmoqda 24.kg.

«Ofisiantga choychaqa — yaxshi ohang, vrachga choychaqa — pora, bu noto‘g‘ri! Moliyaviy avtonomiya doirasida ixtiyoriy qo‘shima to‘lov tushunchasini idoralararo komissiyaga ko‘rib chiqish uchun yuboramiz», — deya Bayetovning so‘zlarini keltirdi nashr.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, agar «ixtiyoriy to‘lov» mexanizmi tasdiqlansa, u to‘liq shaffof bo‘ladi: to‘lovlar kassa orqali va faqat xizmatlar ko‘rsatilgandan keyin o‘tishi kerak, shuningdek, ma’lum bir chegaradan oshmasligi lozim. Ushbu yondashuvning tijoratlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ixtiyoriylik to‘g‘risidagi shakllarni majburiy ravishda imzolash va tibbiy yordam olgandan keyingina to‘lovni amalga oshirish kabi choralar taklif qilindi, dedi Bayetov.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Erkin Checheybayev Adliya vazirligi rahbarining taklifiga izoh berib, mukofot puli «ixtiyoriy ravishda va faqat kassa orqali to‘lanishi kerakligini» ta’kidladi.

[Mablag‘lar] shifoxonani rivojlantirish, asbob-uskunalar sotib olish, ta’mirlashga yo‘naltirilishi mumkin va, shu bilan birga, bir qismi bevosita yordam ko‘rsatgan xodimlarga — shifokor, hamshira, sanitarka… uchun bo‘ladi. Bemor buni qilishga majbur emas, shunchaki unga ko‘rsatilgan yordam uchun tibbiyot xodimlariga rasmiy va madaniyatli tarzda minnatdorlik bildirish imkoniyatini berish kerak. Hech qanday holatda bu tibbiy xizmat ko‘rsatishdan oldin bo‘lmasligi kerak", — dedi Checheybayev.

Kiritildi: 22:41 20.08.2025. O'qildi: 2477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!