Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu haqda Rossiya atom sanoatining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda aytib o‘tdi.
Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kelganidan so‘ng, “tonnel oxirida yorug‘lik ko‘rina boshladi”;
◾️ Tramp bilan Alyaskadagi uchrashuvimiz juda yaxshi o‘tdi. Rossiya va AQSh hukumatlari sammit natijalarini rivojlantirish maqsadida aloqalarni davom ettirmoqda.
◾️ Rossiya AQSh bilan munosabatlarni to‘liq tiklashga umid qilmoqda;
◾️ Biz uchun eng muhimi — o‘z suverenitetimizni saqlab qolish. Suverenitetni yo‘qotish Rossiya uchun mavjudlikning tugashini anglatadi;
◾️ Trampning yetakchilik sifatlari AQSh bilan munosabatlarni tiklash uchun imkon beradi;
◾️ Bugungi kunda Yevropa o‘z suverenitetidan mahrum;
◾️ Rossiya 2014 yilda Donbass aholisiga qarshi boshlangan urushni to‘xtatish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda;
◾️ Rossiya uchun “dushman mamlakatlar” yo‘q, faqat “dushman elitalar” bor;
◾️ Rossiya hali ham “dushman” mamlakatlarga yadro yoqilg‘isini yetarli hajmda yetkazib bermoqda;
◾️ Siyosiy bosim tufayli biz bilan hamkorlikni to‘xtatganlar oxir-oqibat oldimizga qaytadi;
◾️ Shimoliy dengiz yo‘li Rossiya uchun muhim ahamiyatga ega;
◾️ Qurolli kurash olib borish sharoitlari va usullari kundan-kunga o‘zgarib bormoqda;
◾️ Hech bir davlat Rossiyadagi kabi yadro muzyorar kemalari flotiga ega emas;
◾️ Dunyoning ko‘plab mamlakatlari Shimoliy dengiz yo‘lidan foydalanishga qiziqmoqda, uni rivojlantirmaslik ahmoqlik bo‘ladi;
◾️ Rossiya mudofaa qobiliyatiga oid masalalar shimoliy kengliklarni o‘rganish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq;
◾️ Arktika hududida ulkan foydali qazilma zaxiralari bor, Rossiya ulardan foydalanish bo‘yicha ish boshlagan;
◾️ Arktikadagi Rossiya yadro suv osti kemalarini mamlakatning strategik ustunligi hisoblanadi;
◾️ Rossiya AQSh bilan Arktika va Alyaskada hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda;
◾️ Rossiya Arktikada ishlash uchun ega bo‘lgan texnologiyalar boshqa hech bir davlatda yo‘q, bu esa Qo‘shma Shtatlar va boshqa hamkorlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda;
◾️ Rossiyada ulkan hisoblash imkoniyatlariga ega kvant kompyuterlari mavjud.