Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalq salohiyatini oshirish, mamlakatda o‘z sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shayotganlar quyidagi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadi:
“Imom Buxoriy” ordeni bilan
Abdulhay Abdullayev, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dosenti
Xayrulla Abdullayev, Xorazm viloyati bosh imom-xatibi
Mirzamaxsud Alimov, Andijon viloyati bosh imom-xatibi
Raxmatula Sayfudinov, Toshkent shahar Yunusobod tumani “Minor” masjidi imom-xatibi
Abduqaxxor Yunusov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Karim Mirxadiyev, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kino va teatr aktyori
Saida Rametova, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Toxir Sayidov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
Sarsenbay Baybosinov, J.Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati rangtasvir fani o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan
Baxtiyar Genjemuratov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan
Feruzbek Narmatov, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
Zarina Axmedova, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Navro‘z” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster
Ilxombek Berdiyev, O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori
Jaxongir Poziljanov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
Otabek Ruzmetov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi balet artisti
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Ablat Xodjayev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i
Tatyana Sheraliyeva, Farg‘ona viloyati innovasion madaniyat markazi direktori
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan
Farida Bo‘tayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoira
Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan
Husan Ermatov, “Ishonch” va “Ishonch-DoveriYE” gazetalari bosh muharriri
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Liliya Vlasova, Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi
Alimardon Dostanov, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘limi murabbiysi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan
Taxmina Ikromova, Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan
Mirshavkat Akbarov, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gepatobiliar jarrohlik va transplantologiya bo‘limi rahbari, jarroh
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Rahmatjon Ruziaxunov, Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi
Mamurdjan Tashmatov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Davlat Djaz orkestri badiiy rahbari
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Nasrulla Abdullayev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori o‘rinbosari
Farida Akbarova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tasarrufidagi “Bo‘ston sanatoriysi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
Ibragim Askarov, Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professori
Xakimaxon Ataxanova, O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri yetakchi sahna ustasi
Nizomidin Botirov, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Raxmanov Vaxob, Guliston davlat universitetining o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dosenti
Mirvaxit Raxmatov, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Toshkent shahri
Tal’at Saatov, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri
Kilich Tojiyev Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xonanda, Farg‘ona viloyati
Mirzatilla Xalmedov, O‘zbekiston davlat satira teatri direktori, badiiy so‘z ustasi
“Do‘stlik” ordeni bilan
Rejabboy Abdullayev, Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati
Abdulla Akbarov, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati
Nabiyra Arzuova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Irina Baymuratova, Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Svetlana Barasheva, Samarqand viloyati rus drama teatri oliy toifali artisti
Xayriddin Begmatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Samarqand viloyati
Farxod Boynazarov, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
Kirill Borchaninov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Vaxobjon Buvayev, Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, kulol, Namangan viloyati
Erkin Djurayev, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom, Buxoro viloyati
Shuhrat Yo‘ldoshev,“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
Amangeldi Kudainazarov, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnalashtiruvchi rejissyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Shukurjon Kurbonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Azizxon Latipov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
Baxtiyar Maxkamov, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, dastgohli rangtasvirchi rassom
Toxir Maxkamov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi
Suyundik Mustafoyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
Davlat Muxamedov, Xorazm viloyati “Al-Amal Ijod” xususiy korxonasi ganch o‘ymakor ustasi
Ildar Muxtarov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’ashunoslik instituti bosh ilmiy xodimi
Yasmina Omar-Mun, Uchtepa tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, xonanda, Toshkent shahri
Yulduz Rajabova, teatr va kino aktrisasi
Allabergan Sultanov, Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining kitoblarni saqlash bo‘limi mudiri
Uljan Tadjimuratova, Toshkent shahri Oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiysi
Aleksandr Taraskin, Toshkent shahridagi Smart school nodavlat ta’lim muassasasining biologiya fani o‘qituvchisi
Toxir Turgunov, O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali artist-sozandasi
Axrorjon Usmonov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi
AkbarXaji, Shinjon tibbiyot universiteti rektori, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika institutining akademik direktor o‘rinbosari
Rustam Xametov, “O‘zbeksirk” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari, sirk artisti
Nadira Xamrayeva, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti
O‘g‘iloy Xolmatova, Bekobod tumani madaniyat bo‘limining “Nilufar” folklor maktabi badiiy rahbari, Toshkent viloyati
Boir Xolmirzayev, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
Xusanov Mirabzal Zairovich , O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, bastakor
Nigora Xusanova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi katta o‘qituvchisi
Barno Ergasheva, “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi bosh baletmeysteri
Lola Yuldasheva, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Xoliyor Axmedov, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali 1-jarrohlik bo‘limi shifokor-jarrohi
Xurshid Dadayev, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyrojarrohlik jonlantirish bo‘limi mudiri
Baxtiyor Janabayev, Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘lim mudiri
Kadambay Masharipov, Urganch davlat tibbiyot institutining nefrologiya, gemodializ, travmatologiya va ortopediya kafedrasi dosenti
Zaxida Mirzayeva, Olmazor tumanidagi 15-oilaviy poliklinikasi hamshirasi, Toshkent shahri
Nasiba Sodiqova, Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi navbatchi feldsheri
Alijon Yariyev, Guliston shahridagi “Ravshan davolash maskani” xususiy klinikasi jarrohi, Sirdaryo viloyati
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Zavqiddin Yodgorov, Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rassomi
Xalima Yokubova, Muborak tumanidagi “Sheyx” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori
Ramz Kadirov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dosenti
Oydinxon Mannopova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik liseyining ijrochi direktori
Nodira Pirmatova, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi mudiri, xonanda
Sherali Suyarkulov, Farg‘ona davlat universitetining aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tulkin Teshabayev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
Gulandom Tog‘ayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Toshkent viloyati
Muxabbat Xalikova, Termiz shahridagi 2-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Larisa Abduvaitova, Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bosh hamshirasi
Naima Qutbiddinova, Uychi tumanidagi “Yorqatay” oilaviy shifokorlik punkti tibbiy brigadasi doyasi, Namangan viloyati
Guljahon Safarova, Oqdaryo tumanidagi “Uzun” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Do‘smatova Mushtariy Yigitaliyevna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Shodlik” ansambli balet artisti
Kamalxodjayeva Shukronaxon Axmadillo qizi — Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli balet artisti
Kosimova Iroda Joxongir qizi —“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi artisti
Matveeva Darina Sergeevna — “O‘zbeksirk” davlat muassasasi oliy toifali artisti
Norov Feruzbek Izzatulloyevich — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli maqomchisi
Nurmatova Shoxidaxon Urmonjon qizi — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Piyazov Akilbek Burkit uli — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Sarsenbayeva Inkar Alpisbayevna — Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi
Elmurodzoda Ulug‘bek Axmadjon o‘g‘li — Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri oliy toifali artist-maqomchisi
“Shuhrat” medali bilan
Ravshan Abdullayev, Yangiobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Rasuljon Abdullayev, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi oliy toifali xor artisti
Faxriddin Abduraximov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali radio loyihalar muharririyati bosh muharriri
Muxitdin Absamatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Mahammadziyo Akramov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
Nasiba Axmedova, Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, o‘yinchoqlar yasovchi usta, Toshkent shahri
Dilnoza Baxromova, Samarqand viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi paradzyudo bo‘yicha murabbiysi
Boltaboy Bekmetov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon, Xorazm viloyati
Mansurbek Vaisov, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Viktoriya Valatina, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Munojot” raqs ansambli balet artisti
G‘ulom G‘aybullayev, Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar institutining “Agrobiologiya” fakulteti dekani
Dilmurod Gulmurotov, Guliston tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Qaxramon G‘ulomjonov, “Havas” oilaviy guruhi xonandasi
Dilfuzaxon Djorabayeva, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Shodlik” ansambli bosh baletmeysteri
Taxirdjan Dosmuxamedov, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining ijodiy bo‘limi boshlig‘i, teatrshunos
Turg‘un Jumayev, Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori
Shahribonu Imomova, “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri
Sherzod Kattaboboyev, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifali drama artisti
Nodirjon Maxmudov, “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati katta muxbiri
Farangiz Maxmudova, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, sozanda
Dilmurod Mirzayev, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy karnay-surnay guruhi badiiy rahbari
Kamila Mirzayeva, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ansambli balet artisti
Lochinbek Muminov, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
Dilshod Musabekov, “Dizayn PRO” mas’uliyati cheklangan jamiyati aktyori
Gulamjon Muxamedjanov, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli artist-sozandasi
Abduraufbek Nabiyev, Rapid Company mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, rejissyor
Xayrillo Rajabov, Akademik SH.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining diagnostika bo‘limi shifokori
Azamat Raimkulov, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
Gulasal Raxmonova, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
Guzal Raxmonova, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti
Zafarbek Sayburxanov, Andijon viloyati musiqali drama teatri aktyori
Maftuna Seytxalilova, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining “Tumor” ansambli balet artisti
Davlat Toshev, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom
Botir Tugalov, Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori
Mirzayunus Umarov, Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakori, Farg‘ona viloyati
Odinaxon Hamdamova, Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Ilhomjon Haydarov, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi rejissyori
Nurilla Choriyev, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi
Andrey Sharipov, O‘zbekiston triatlon federasiyasi sportchisi
Dildora Elliyeva, Jondor tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi yakunida prezident farmoni bilan qator davlat xizmatchilari taqdirlangandi.