Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Putinga yangi ultimatum qo‘ydi

Tramp Putinga yangi ultimatum qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putindan Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatishni talab qilib, bunga ikki hafta muhlat berdi.

🗣 «Menimcha, ikki hafta ichida Rossiya va Ukraina munosabatlarini tushunib yetaman. Agar urush to‘xtamasa, juda muhim qaror qabul qilaman», — dedi Tramp jurnalistlar savollariga javob berib.

CNN xabar berishicha, Tramp Putin va Zelenskiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvini zarur deb hisoblamoqda. Uning fikricha, aynan shu uchrashuv mojaroni to‘xtatishi mumkin.

«Uchrashuv bo‘ladimi — kuraylik. Agar bo‘lmasa, nega? Axir men bu uchrashuv bo‘lishi kerak dedim», — deya ta’kidladi Tramp.

Agar uchrashuv amalga oshmasa, u kim aybdorligini aniqlashini bildirdi: «Men bilaman, nima qilish kerak».

Bu bayonotlar tinchlik jarayoni to‘xtab qolgan, Kreml esa Putin va Zelenskiy uchrashuvini rejalashtirmayotgani haqida bayonot bergan bir paytda yangradi.

Tramp Putin bilan Alyaskada, Zelenskiy bilan esa Oq uyda uchrashganini eslab o‘tdi va zarurat bo‘lsa, o‘zi uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligini bildirdi:
🗣 «Men ular uchrashishini istadim. Men ham ishtirok etishim mumkin. Kimlardir bundan foyda chiqmaydi, deyishyapti. Balki shundaydir, balki yo‘q. Lekin odamlar o‘lib qolyapti».

Kiritildi: 17:56 23.08.2025. O'qildi: 1196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!