Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy ma’lum qildi.
"Agar AQSh prezidenti Donald Tramp kelishuv doirasida Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga yuborilishi kerakligini aytsa, biz buni bajarishimiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun yaqin kelajakda vaziyatga aralashishimizga to‘g‘ri keladi", – deya fikr bildirdi Sikorskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida.
"Menimcha, Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishi xatolik bo‘ldi. O‘ylaymanki, hali tinchlik muzokaralarini vaqti kelmadi", — deydi Polsha tashqi ishlar vaziri.