Evropa Ittifoqi AQSh boshchiligidagi, iqtisodiy bosimni kuchaytirish va Eronni moliyaviy jihatdan izolyasiya qilishga qaratilgan “Iqtisodiy qaroqchi davlat” operasiyasiga rasman qo‘shildi.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
U Vashington Yevropa Ittifoqining “qat’iy va o‘z vaqtida qabul qilingan pozisiyasini” yuqori baholayotganini ta’kidladi.
Bessentning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari Eronning global moliyaviy tizimdan yadroviy dasturi, qurol ishlab chiqarish va Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangari guruhlarni moliyalashtirish uchun foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida.
"Dunyo Eron rejimiga aniq signal yubormoqda: biz qolgan barcha moliyaviy arteriyalarni uzmagunimizcha to‘xtamaymiz", dedi vazir.
"Iqtisodiy qaroqchi davlat” operasiyasi Vashington tomonidan 24 avgust kuni Eronni iqtisodiy jihatdan yanada izolyasiya qilish uchun boshlangan. Operasiya doirasida AQSh Tehron bilan bog‘liq qolgan moliyaviy va savdo kanallarini uzmoqchi.