Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa import taqiqi kuchga kirgunga qadar Rossiya gazini xarid qilish bo‘yicha rekord hajmlarga chiqdi

Evropa import taqiqi kuchga kirgunga qadar Rossiya gazini xarid qilish bo‘yicha rekord hajmlarga chiqdi

Evropa import taqiqi kuchga kirgunga qadar Rossiya gazini xarid qilish bo‘yicha rekord hajmlarga chiqdi – Financial Times.

2026 yilning birinchi yarmida YEI Rossiyaning "Yamal" zavodidan suyultirilgan tabiiy gazni deyarli to‘liq sotib oldi: rekord darajadagi 9,89 million tonna, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yevropa Rossiyaga taxminan 6 milliard yevro to‘lagan.

"Bu raqamlar Moskvaning Ukrainaga qarshi urushi beshinchi yilga qadam qo‘yayotgan bir paytda, Yevropa Rossiyaning flagman energetika ob’ekti ishini ta’minlashda hamon qanday muhim rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi", — deya izoh beradi FT.

Fransiya, Belgiya va Ispaniya asosiy xaridorlar bo‘ldi. 2027 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha Rossiya STGni import qilishga qo‘ygan taqiqi kuchga kiradi. Qisqa muddatlilari esa allaqachon taqiqlangan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:11 13.07.2026. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!