Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa chempioni Nani Aqto‘be aeroportida qimiz va bo‘g‘irsoqlar bilan kutib olindi

Evropa chempioni Nani Aqto‘be aeroportida qimiz va bo‘g‘irsoqlar bilan kutib olindi

Portugaliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq qanot hujumchisi, 2016 yilgi Yevropa chempioni Luish Nani Aqto‘be aeroportida an’anaviy qozoq taomlari — qimiz va bo‘g‘irsoqlar bilan kutib olindi.

OAV avvalroq 39 yoshli futbolchi mahalliy jamoalardan biri bilan oyiga 70 ming dollar maosh evaziga shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, Nani bir yillik mehnat shartnomasi tuzishi ta’kidlangan.

Nani 2007 yildan 2015 yilga qadar «Manchester Yunayted» safida to‘p surgan. Mankunianlar tarkibida portugaliyalik futbolchi to‘rt marta Angliya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Chempionlar ligasini ham qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: Bugun 16:19. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!