Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Evrokomissiya YEIga nomzod davlatlarni integrasiya qilishning yangi qoidalarini taklif qilmoqda

Evrokomissiya YEIga nomzod davlatlarni integrasiya qilishning yangi qoidalarini taklif qilmoqda

Evrokomissiya nomzod davlatlarga integrasiya jarayonida ko‘proq imtiyozlar berishni taklif qilmoqda. Evaziga YEIga qabul qilinganidan keyin islohotlarni to‘xtatgan yoki majburiyatlaridan chekingan davlatlarga nisbatan huquqlarni cheklash imkonini beruvchi yangi himoya mexanizmlari joriy etiladi. Paketni 6 oktyabr kuni Strasburgda Yevrokomissar Marta Kos e’lon qildi.

“Endi Viktor Orbanlar bo‘lmaydi. Qonun ustuvorligi va demokratiya buzilsa, bizga 7-moddadan ko‘ra tezkorroq mexanizmlar kerak”, — dedi Marta Kos. 7-modda a’zo davlatning ovoz berish huquqini to‘xtatib turishni nazarda tutadi.

Yangi choralar Bryusselning Vengriya va Polsha bilan so‘nggi yillarda yuzaga kelgan muammolari ortidan ishlab chiqilmoqda.

Ukraina, Moldova, Albaniya va Chernogoriya YEIga a’zo bo‘lish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishda eng katta natijalarga erishgan nomzod davlatlar hisoblanadi. Oktyabr oxirida ularga islohotlar bo‘yicha aniq vazifalar va a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunlashning taxminiy muddatlari ko‘rsatilgan “yo‘l xaritalari” taqdim etiladi.

Kiritildi: Bugun 01:45. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!