Evropa Ittifoqi kuzda Rossiyaga qarshi 2022 yildan beri eng keng ko‘lamli sanksiyalar paketini qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Die Welt nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar va kompaniyalar soni uchdan bir qismga oshiriladi.
Kallas rejalashtirilayotgan cheklovlarning aniq yo‘nalishlarini ochiqlamagan.
Shuningdek, u AQSh Senatida Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida, marhum senator Lindsi Grem tashabbusi bilan tayyorlangan qonun loyihasining qabul qilinishi Evropa va AQSh pozisiyalarining yaqinlashishiga umid uyg‘otayotganini ta’kidladi.