Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Etti oylik tanaffusdan so‘ng Madrimov katta janglarga tayyorlanmoqda

Etti oylik tanaffusdan so‘ng Madrimov katta janglarga tayyorlanmoqda

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov "Daryo" nashriga bergan intervyusida so‘nggi jangidan keyingi holati, reytingdagi o‘rni va kelgusi rejalari haqida gapirdi.

Madrimovning aytishicha, u ayni paytda nufuzli boks tashkilotlarining barcha reytinglarida kuchli o‘nlikdan joy olgan. Xususan, IBF reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi. Bokschining fikricha, bu natijalar unga yaqin kelajakda yana jahon chempionligi kamari uchun jang qilish imkonini berishi mumkin.

"So‘nggi jangdan beri yetti oy o‘tdi. Biroq bu vaqt davomida tushkunlikka tushmadik, mashg‘ulotlarni qizg‘in davom ettiryapmiz. Hozir vazn toifamizdagi amaldagi chempionlar o‘zaro jang qilishmoqda. Ularning bahslari yakunlangach, g‘olibga qarshi katta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan", — dedi Madrimov.

O‘zbekistonlik bokschi so‘nggi bahsidan keyin to‘liq tiklanganini va o‘sha jangdan tegishli xulosalar chiqarganini ham ta’kidladi.

"Avvalgi jangdan to‘liq tiklandik, kerakli xulosalarni chiqardik. Asosiy maqsad — endi faqat eng kuchli raqiblarga qarshi yirik janglarda ishtirok etish", — dedi u.

Shu tariqa, Madrimov faoliyatining keyingi bosqichida yana chempionlik kamari uchun kurashishni asosiy vazifa sifatida belgilab olgan.

Kiritildi: 15:21 15.09.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!