Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Estoniya va Litva 1-dekabrdan boshlab Rossiya bilan barcha chegara o‘tish punktlarini yopadi

Estoniya va Litva 1-dekabrdan boshlab Rossiya bilan barcha chegara o‘tish punktlarini yopadi



Estoniya rasmiylari, dronlar ishlab chiqaruvchi "Threod Systems" mudofaa kompaniyasida sodir etilgan sabotaj urinishidan so‘ng, 1-dekabrdan e’tiboran Rossiya bilan barcha chegara o‘tish punktlarini yopishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna ma’lum qildi.

Litva ham Estoniya ortidan Rossiya bilan chegarasini yopish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Boltiqbo‘yi davlati prezidenti Gitanas Nauseda bayon qildi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov chegaralarning yopilishi yuzasidan fikr bildirarkan, Estoniya va Litva Rossiya bilan chegarasida "devor" qurayotganini, biroq tarix shuni ko‘rsatadiki, bunday devorlar ularni qurganlarga hech qachon yaxshilik olib kelmaganligini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:14 16.11.2026. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik