Estoniya Mudofaa vaziri Martin Xerem Riygikogudagi (parlament) axborot soatida deputat Arvo Allerning savoliga javob berar ekan, chegara oldi hududlarini mustahkamlash rejalarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ida-Virumaa chegara uyezdida 100 ta bunkerni davlat yerlarida, 50 taga yaqinini esa munisipal yoki xususiy yerlarda qurish ko‘zda tutilgan. Buning uchun mulk egalari bilan tegishli kelishuvlar tuziladi.
Mudofaa vazirligi rahbari, shuningdek, yoshlar uchun milliy mudofaa tadbirlarini, jumladan, dronlarni boshqarishga o‘rgatish dasturlarini moliyalashtirishni oshirish rejalashtirilayotganini aytdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi va Yevropadagi xavfsizlik hodisalari fonida Eron va Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya va Belarus bilan chegaralarda xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bundan tashqari, YEIning yetti mamlakati — Estoniya, Latviya, Litva, Finlyandiya, Polsha, Ruminiya va Bolgariya — Yevropa Komissiyasi hamda Ukraina bilan birgalikda himoya maqsadidagi «dronlar devori»ni yaratish masalasini muhokama qilmoqda.