Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eski mashinalar uchun kompensasiya to‘lash majburiyati loyihadan chiqarib tashlanmoqda

Eski mashinalar uchun kompensasiya to‘lash majburiyati loyihadan chiqarib tashlanmoqda


Jamoatchilik bilan olib borilgan taklif va mulohazalarga ko‘ra ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar uchun har yili BHMning 30 barobari miqdorida ekologik to‘lov undirish bandi loyihadan olib tashlanadigan bo‘ldi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Mazkur yangi tartib o‘z navbatida, majburlash o‘rniga rag‘batlantiruvchi “trade-in” tizimi sifatida joriy etiladi. Bunda:
✅Eski mashinalar bozor narxida baholanib, puli to‘lanadi yoki vaucher beriladi.
✅Nosoz mashinalar joyiga borib baholanadi.
✅Vaucher orqali rasmiy dilerlardan yangi mashina olganda, qolgan summani
2 yildan 7 yilgacha FOIZSIZ bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: 23:31 08.07.2026. O'qildi: 2004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!