Birlashgan Arab Amirliklarining 1 may kuni OPEK tarkibidan chiqishi Arabiston yarim orolidagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Bunga Saudiya Arabistoni bilan yuzaga kelgan iqtisodiy kelishmovchiliklar bevosita sabab bo‘lmoqda.
Bu haqda Junge Welt gazetasi yozmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Abu-Dabi kelajakda ancha ko‘p miqdorda neft sotishni istaydi va OPEKning qazib olish kvotalarini o‘zi uchun haddan tashqari cheklovchi deb hisoblaydi. Ma’lumki, ushbu kvotalar asosan Ar-Riyod tomonidan belgilanadi.
Maqolada, shuningdek, bundan o‘n yil oldin juda yaqin sherik hisoblangan ikki davlat o‘rtasidagi nizo bir necha yildan beri tashqi siyosat darajasida ham keskinlashib borayotgani qayd etilgan.
«Eron bilan urushning ilk kunlarida birgalikdagi mudofaa... mavjud ziddiyatlarni yashirib kelgan edi. Biroq yakunda vaziyat yana keskinlashdi. Ko‘rinishicha, Abu-Dabida Isroil va AQSh bilan yaqinroq sheriklik tarafdorlari bo‘lgan „lochinlar“ g‘alaba qozonmoqda, Ar-Riyodda esa Eron bilan muvozanat izlash tamoyili ustun kelmoqda. Anchadan beri beqaror bo‘lib turgan mintaqada navbatdagi nizo kurtak yozmoqda», — deyiladi nashr maqolasida.